...
19.09.2022
410 marta o'qildi

Sariosiyo tumani imkoniyatlari va potensiali

Sariosiyo tumani  tog‘ tizmalarida joylashganligi sababli bu yerda eko turizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjud.

 “Sangardak” ziyoratgohida ziyorat va ekoturizmni rivojlantirish uchun mexmonxona va dam olish maskanlari qurish imkoni bor.

Shuningdek tumanda xorijiy va mahalliy turizmni keng yo‘lga qo‘yish uchun yirik salohiyatga ega hududir va madaniy meros yodgorliklari, tabiiy meros ob’yekti mavjud. Ziyorat, agro, sanoat, ekologik va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun qulay imkoniyat bor.

Tuman imkoniyatlaridan kelib chiqib, hududda ko‘plab chorvachilik klasterini tashkil etish, ichki va tashqi bozorda ehtiyoj yuqori hisoblangan sut va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash va qayta ishlashni tashkil qilish, bunda imkoni boricha mahsulot holatida emas, balki tayyor mahsulotida bozorga realizasiya qilish maqsadga muvofiqdir.

Sariosiyo tumanida har yili oliy navli anor mevasi yetishtiriladi. Anorni qayta ishlab sifati yuqori sharbat, dori vositalari, yengilsanoatda ishlatiladigan bo‘yoqlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?