...
10.01.2024
50 marta o'qildi

Yerning har bir qarichi hisobli

 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tuman hokimligi zahirasida bo'lgan sug'oriladigan ekin yer maydonidan tumanning "Sebzor" MFYda yashovchi fuqaro R.Z.X tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.02 gektar yer maydonini egallab olib, 20.48 kv.metrdan iborat qurilish boshlayotganligi holati aniqlangan.

 Aniqlangan holat yuzasidan Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro R.Z.X ga noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi (https://lex.uz/acts/-97664) bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurayotgan qurilishlarini fuqaro R.Z.X tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilishi ta'minlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?