...
21.10.2022
107 marta o'qildi

Kuni kecha Sariosiyo tumanidagi 4-sonli Musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti milliy tanloviga nomzodlarni saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda o‘zining mustaqil fikri, keng dunyoqarashi, tanlangan yo‘nalishlarda chuqur bilimga ega, noyob iste’dod egalarini quyidagi fanlar yani san’at, adabiyot, madaniyat, fan, ta’lim, sport va jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlar ishtirok etdi.

 

Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan har bir qizning egallagan yutuqlari, ularning tayyorlagan ijodiy ishlari va chiqishlari kuzatib borildi. Musobaqa so‘ngida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha faxrli

1-o'rinni Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha - Xayitova Dildora Baxrom qizi
2-o'rinni Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha - Yozdonqulova Ozoda Zokirjon qizi
3-o'rinni San’at yo‘nalishi bo‘yicha - Hamidova Mavluda Abdumannon qizi egalladi hamda qo'mitaning diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?