...
08.02.2024
38 marta o'qildi

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ining noyob hayvonot dunyosi ilk bor fotoqopqonlar nigohida

Surxondaryo viloyatining purviqor “Hisor” tog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ining umumiy yer maydoni 27 ming 851 gektarni tashkil etadi.

Ilgari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qoshida bo‘lgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i 2023-yilning 27-iyuldan boshlab Ekologiya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi o‘laroq 2023-yilning 25-dekabrda Ekologiya vazirligi tomonidan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i “ISUZU D-MAX” rusumli yo‘ltanlamas avtomashina, laboratoriya tarozisi, 15 dona fotoqopqon, binokl, planshet, teplovizor, optik kuzatish trubasi, GPS-priyomnik, qop ko‘rpa, karemat va palatkalar bilan ta’minlandi.

Ayniqsa berilgan fotoqopqonlar “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida hayot kechiruvchi noyob hayvonlarni ko‘rish, sanog‘ini yuritish imkonini yaratdi.

Bugun bu sa’y harakatlar o‘z natijasini bermoqda.
Tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga yovvoyi to‘ng‘iz, jayra, O‘zbekiston respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan silovsin kabi hayvonlar muhrlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?