...
29.03.2024
50 marta o'qildi

     Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi raisi M.E.Nomozov yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini sindirish, yoshlarning dunyoqarashini oshirish va ularni sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqida tushunchalarini ijobiy tarafga o‘zgarishiga turtki bo‘lish haqida Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumidagi talaba yoshlar ishtirokida interaktiv usulda o‘zaro muloqot shaklida seminar o‘tkazildi.

 

 

     Seminarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi raisi M.E.Nomozov Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini  bildirdi.

 

     Yaqinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikamizdagi universitet va maktablarda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar so‘zga chiqib o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Prezidentimiz yoshlarga “Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir” degan so‘zlari barcha yoshlarimiz amal qilishi lozimligi  haqida aytib o‘tdi.Shuningdek ma’ruzachi sud raisi M.E.Nomozov yoshlarga murojaat qilib, yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bugungi kunda yoshlarga duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish haqida nutq so‘zladi.Shu bilan birga yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm yaratish bu davlatimiz rahbarining eng asosiy maqsadi ekanligini eslatib o‘tdi.

     Sud raisi M.E.Nomozov o‘z ma’ruzasini davom etib,  globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so‘z borar ekan, ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan so‘zlarini yodga oldi. Yoshlar bilan uchrashuvlaridan ruhlangan holda tizimida ishlayotgan xodimlar ham ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan hamda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Shunday uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida bugungi uchrashuv va targ‘ibot mashg‘ulotlari aynan shu maqsadlarga tashkil qilinganligi va yoshlarimizning bilimli, aqlli, sog‘lom hamda vatansevarlik tuyg‘ulardan boy bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berishni eslatib o‘tdi. Shundan so‘ng yig‘ilishda raislik etuvchi Sh.Yusupov bugungi kunda kollejda 400 ta nafar bitiruvchi talabalar tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 80 nafardan ortig‘i o‘qituvchi murabbiy hamda texnik xodimlari  bilan birgalikda uchrashuvda ishtirok etib kelayotganligini bildirdi.

 

     Uchrashuv davomida asosan bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar siyosati” ga oid masalalar borasida so‘z yuritilib, talabalarga batafsil tushunchalar berildi.

 

 

     Muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda kollejda xizmat olib borilayotgan xodimlar va boshqa talaba va o‘qituvchi murabbiylari tomonidan berilgan “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi orqali yoki boshqa sohadagi imtiyozli kreditlar ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning ishga joylashishi qanday tarzda amalga oshirilishi kabi va boshqa savollarga sud raisi tomonidan javoblar va ko‘rsatmalar berishdi.  Uchrashuv yakunida o‘zining namunali o‘qishi va xulqi bilan yoshlar masalalarini targ‘ib qilishda qo‘shayotgan hissalari uchun kollejning bir qator talaba yoshlari ustozlar tomonidan taqdirlandi.

 

     Ma’ruza yakunlangach sud raisi M.E.Nomozov texnikumning talaba yoshlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini sindirish, yoshlarning dunyoqarashini oshirish va ularni sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar haqida tushunchalarini ijobiy tarafga o‘zgartirish yuzasidan interaktiv usulda (qiziqarli) o‘zaro muloqot shaklidagi semenar jarayonda  yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savol-javoblarga javob berildi hamda yoshlarga bugungi kunda sud sohasida qilinayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tdi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?