...
27.01.2024
55 marta o'qildi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlari davomida

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida 49543-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari, yoshlar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, sportni ommalashtirish borasida arqon tortish, ot sporti, shaxmat-shashka va “kuch sinash” sport o‘yinlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, harbiylar tomonidan zamonaviy harbiy texnika va qurol-yaroqlar ko‘rgazmasi, xizmat hayvonlari va jangovar tayyorgarlik jarayonlaridan iborat ko‘rgazmali chiqishlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bugungi tadbir davomida 2000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?