...
04.03.2024
36 marta o'qildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “open byudjet” loyihasidan yutib olingan Yoshlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosimiga Sariosiyo tumani hokimi A.H.Donayev, institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor G‘.X.Raximov va To‘ron fanlar akademiyasining faxrli akademigi A.Safarov, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Tuman hokimi va institut rektori Yoshlar markaziga yig‘ilgan talaba yoshlarni ushbu zamonaviy binoning ochilish munosabati bilan tabriklab, binoning kelajakda institut va mahalla yoshlarining ma’naviyat sektori o‘chog‘i bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Yangi qurilgan Yoshlar markazi chin ma’noda yoshlarni umumlashtiradigan, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqaradigan maskan bo‘lishiga ishonamiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?