...
01.04.2024
42 marta o'qildi

Bugungi kunda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning markaziy yo‘l chetlaridagi maydonlarda lavanda o‘simligi hamda raʼnodoshlar turkumiga kiruvchi xushmanzara atirgul ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, asosiy va markaziy yo‘l chetlaridagi maydonlarda, piyodalar yo‘lakchalarida 2 (ikki) ming tup lavanda, 2 (ikki) ming tup atirgul ekish rejalashtirilgan.

Mazkur ishlarni amalga oshirishda tumandagi “Hisor” ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hamkorlik qilib kelinmoqda.

Ayni vaqtda mazkur loyiha doirasida tumandagi barcha mahalla hududlarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?