...
02.04.2024
45 marta o'qildi

     Sariosiyo tuman Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan, Surxondaryo viloyat Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida tumanning 3-sonli umumtaʼlim maktabida "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

 

     Unga koʻra, tumandagi umumtaʼlim maktablari ChQBT fani oʻqituvchilari boshchiligida tayyorlangan oʻquvchi yoshlar tomonidan saf mashgʻulotlari, safda qoʻshiq kuylash, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, velosipedda harakatlanish va yoʻl harakati qoidalari bilimdoni shartlari boʻyicha bellashishi.

 

     Bellashuv murosasiz kechdi va ushbu jarayon soʻngida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?