...
05.05.2023
77 marta o'qildi

Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Bugun 1-umumta'lim maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira abadiy , qadr muqaddas!" shiori ostida ma'naviy -ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumandagi Maktabgacha va maktab ta'limi rahbari T.O'zbekov, Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi S.Qosimov, S.Sheroziy mahallasi oqsoqoli E.Imomov , tuman harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, raqs, kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?