...
26.03.2024
12 marta o'qildi

Surxondaryo viloyat hokimi U.B.Qosimov 09.03.2024 yilda Sariosiyo tumanida bo‘lib,  tumanda ijtimoy-iqtisodiy,  ma’naviy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalardagi muammolar va ularning hal etilishi, yo‘l, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi ahvoli bilan tanishib,  tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar bergan edi.

 

Shu jumladan,  markaziy kanalizatsiya tarmog‘i o‘tgan yo‘lni ta’mirlash va bosqichma-bosqich asfalt yotqizish topshirildi.

 

Topshiriq ijrosi bo‘yicha Sariosiyo tumani markaziy ko‘chasida ta'mirlash va asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.  Bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan mas'ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda sohada qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?