...
29.09.2022
128 marta o'qildi

Mamlakatimizda bog'dorchilikni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, uzum yetishtirish, tokzorlarni ko'paytirish va ularga ishlov berish, sug'orishda yangi texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor qaratilyapti.

Bu boradagi ishlar o'z samarasini berayotgani sababli joylarda tokzorlar nafaqat kengaymoqda, balki uning hosildorligi ham yildan-yilga ortib boryapti. Shu bois Sariosiyo tuman hokimligida tokzorlarni tashkil etish bo'yicha manzilli dasturlarni shakllantirish yuzasidan o'quv seminari bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda viloyat qishloq xo'jalik boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, tuman bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi rahbari hamda sohaga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda uzum navlarni to‘g‘ri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki—uch barobarga oshirish, isrofgarchiliklarning oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?