...
19.02.2024
116 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov so‘zga chiqib, ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tib, yoshlarga mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatanga sadoqat, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmat, yurtimizni tinchligi, xalqimizni farovonligi, vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida yetuk kadrlar boʻlib yetishishlari lozimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, umum’talim maktabida o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga o'rgatish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar hamda “Ma’naviyat sektori”ning tashkil etilganligi holatini ko‘zdan kechirdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?