...
08.10.2022
121 marta o'qildi

Bugun, 7 oktabr kuni Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulovning tumandagi "Sharq yulduzi" va "Afrosiyob" mahalla fuqarolari bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Tuman hokimi o‘rinbosari, korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bir qator ya'ni tabiiy gaz, nogironligi mavjud fuqarolarga elektron aravacha bilan ta‘minlash, ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tarmog‘ini hamda yerto‘lani ta‘mirlash kabi murojaat yo'llandi. Ushbu murojaatlarning ba'zilari shu yerning o'zida ijobiy hal etilib, qolgan vaqt va mablag' talab etuvchi murojaatlar mas'ullarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabuldan so'ng aholini yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman hokimi fuqarolar xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrifda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida hamda ko‘chalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishib fuqarolarni muammo va takliflarini ko‘rib chiqdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?