...
01.10.2024
13 marta o'qildi

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib, ularning dardiga quloq tutish, muammoni hal etish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.

 

Shu maqsadda, kecha 30-sentabr kuni Sariosiyo tumani 1-sektor hududida joylashgan “Bog‘iston” mahallasida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

 

Qabulda, mahalla fuqarolari tomonidan imtiyozli kredit olish, ichimlik suvi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy, maktabga sport zal qurish hamda o‘zlarining shu kabi muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishdi.

 

Yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, vaqt talab etuvchi murojaatlarni hal etish yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

 

Qabuldan so‘ng, tuman hokimi mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?