...
21.10.2022
135 marta o'qildi

Targ'ibot tadbiri davom etmoqda

Kuni kecha Sariosiyo tumanida manzilli reja asosida tumandagi 3 ta ya'ni Sebzor, Tortuli hamda Bog‘iston mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar va yoshlar bilan IIB boshlig‘i M.Amonto‘rayev, tuman IIB TQKB boshlig‘i B.Gafforov, Din ishlari bo‘yicha qo'mitaning Sariosiyo tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi J.Mamurov, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Berdiyev ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Targ‘ibot tadbirida quyidagi Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati, ekstremistik va terroristik hatti-harakatlarning huquqiy va salbiy oqibatlari, milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi mavzularida mulohaza yuritilib, ma’ruza qilindi. Ishtirokchilarga ushbu illatlarga qarshi qanday kurashish zarurligi ta'kidlab o'tildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?