...
08.02.2024
33 marta o'qildi

AKM bosh hisobchilari uchun seminar-trening tashkil etildi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat hamda tumanlar axborot-kutubxona markazlarida faoliyat yurituvchi bosh hisobchilarning malakasini oshirish yuzasidan onlayn va offlayn shaklda seminar-trening tashkil etildi. Unda tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Seminar-treningda boshqarma hamda viloyat AKM mas’ul xodimlari tomonidan berilgan sohaga oid tegishli tushuntirishlar, shuningdek, tajribalar asosida o‘zaro fikr almashishlar ishtirokchilar uchun juda ahamiyatli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kiruvchi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tuman axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, umumiy fondi 755 ming nusxani tashkil etadi.

320 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. (https://t.me/AOKA_Surxondaryo/9806)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?