...
18.04.2024
28 marta o'qildi

Sariosiyo tuman prokuraturasi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi va tuman IIB tashabbusi bilan joriy yilning 18-aprel kuni tumandagi “Shohjahon” mahallasida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi majlislar zalida sayyor sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

 

Xususan, o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Sariosiyo tuman IIB JXX probatsiya hisobida turgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilgan jinoyatidan pushaymon bo‘lgan to‘rt nafar nazoratdagi shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilib, tuzalish yo‘liga o‘tmagan, sud tomonidan qo‘yilgan cheklov1ga amal qilmaganligi sababli bir nafar nazoratdagi shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

 

Shuningdek, sayyor sud jarayonida ishtirokchilarga JIB tuman sudi raisi I.Ergashev, prokuror yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi Sh.Xudoynazarovlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?