...
26.04.2024
35 marta o'qildi

Bugu, 26-aprel kuni Sariosiyo tumanidagi “Bo‘yrapush” mahallasida yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, nuroniylar uchun “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S.Bomatov tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va yurt taqdiriga daxldorligini oshirish maqsadiga qaratilgan.

 

Shuningdek, yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ma’naviy-ma’rifiy yuksalish borasidagi islohotlar haqida so‘z yuritildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?