Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyoda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.
...
16.05.2024
119 marta o'qildi

Yoshlarda mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan yurtimiz bo‘ylab bir qator harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Ana shunday tadbirlardan biri bugun, tumanning chegaraoldi hududi hisoblangan “Shirin” mahallasidagi 50-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

 

Sariosiyo tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, tuman FVB, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, viloyat harbiy qismlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda, faxriylar, mahalla faollari hamda tumanning “Shirin”, “Shoqishloq”, “Hamkorlik”, “Xurshid”, “Bog‘i Samarqand” va “Daragiston” mahallalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

 

Festivalda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohazalar bildirdi.

 

Bundan tashqari, harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bag‘ishladi. Xayrobod garnizoni faxriy qorovulining koʻrgazmali chiqishlari, qoʻl jangi sahnasi hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda yanada unutilmas taassurot qoldirdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?