...
30.03.2024
46 marta o'qildi

Sariosiyoda ilk bora tajriba sifatida umumta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari oʻrtasida fan olimpiadasining II tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

     Bugun, 30-mart kuni Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida, tumandagi umumta'lim maklablari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda fanlarni o‘qitishning darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, o‘qitish sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichalarga erishishga zamin yaratish va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida ilk bora tajriba tariqasida boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ona tili, matematika, ingliz tili fanlaridan II tuman bosqichi fan olimpiadasi o‘tkazildi.

 

     Unda, Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlaridan jalb qilingan oliy toifadagi o‘qituvchilar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari, sohaga oid mas'ullar ishtirok etishdi.

 

    Fan olimpiadasida 300 (uch yuz) nafardan ziyod bilimli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini yozma va test sinovlaridan o‘tkazishdi.

 

     Baholash mezoni har bir topshiriq uchun 50 balldan, jami 100 ball etib belgilandi. Imtihonlar adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?