...
31.01.2024
50 marta o'qildi

Muammo, murojaat va yechim: Sariosiyoda aholi muammolari o‘rganildi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh fuqarolarining murojaatlari joyiga kelib o‘rganildi va ijobiy qanoatlantirildi.

Jumladan, ishchi guruhi hamkorliigda fuqarolarga boqimandalik kayfiyatdan chiqish hamda o‘z mehnati bilan daromad topishini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir nafar fuqaroga tikuv mashinkasi berildi, ikki nafari fuqarolar “Ayollar daftari” 5-bosqich 4-toifasiga kiritilib bir martalik moddiy yordam berilishi haqida ma’lum qilindi, yana bir nafar fuqaroni “Ayollar daftari” 5-bosqich 1-toifasiga kiritilib kasb-hunarga o‘qitilishi, muqim daromad manbaiga ega bo‘lishida hamda farzandiga “Ayollar daftari” imtiyozlaridan foydalana olishi mumkinligi belgilandi hamda bir nafar fuqaroning farzandini o‘quv mashg‘ulotlariga fizika va matematika faniga tayyorlanishi uchun bepul tayyorlov kursiga qatnashi kelishildi va o‘ziga ijtimoiy holatini yaxshilash uchun, daromad topishi uchun elektro-pech uskunasi berilib, fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?