...
24.09.2022
220 marta o'qildi

Xalq ta'limi sohasidagi muammolar o'rganildi

Sariosiyo tumani 2-son umumta‘lim maktabi faollar zalida xalq ta'limi sohasidagi islohotlarning amalga oshirilish holati, muammo va kamchiliklar bo‘yicha Surxondaryo viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Hamidova Suluv Yangiboyevnaning Sayyor qabuli bo'lib o‘tdi. Qabul avvalida o'quv jarayoni bila yaqindan tanishildi va o'quvchilar bilan suhbatlashildi.

 

Xalq ta‘limi xodimlari, ota-onalar va aholi vakillar ishtirok etgan ushbu qabulda 14 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib qolgan muddat talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas‘ullarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi. Shuningdek, yakunda maktab direktorlariga ta‘lim sifatini oshirish, yangi o‘quv yilida belgilanga ustuvor vazifalarni bajarib yuqori ko'rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?