...
08.01.2024
55 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 19-yanvar kuni “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi rahbari S.Bomatov, Sariosiyo tuman bo‘linma “Veteran” jangchi-faxriy Kengashi raisi N.Ismoilov, nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov so‘zga chiqib, ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tib, bugungi kunda faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik xususida o‘zining dil so‘zlarini bildirdi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonimizda ishlash, tadbirkorlik qilish, o‘qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida ta’kidladilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?