Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumani sudi raisi T.Tilavov rahbarligida tuman prokurori o‘rinbosari F.Mamadaliyev va tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Qosimov hamda probatsiya xodimlari bilan birgalikda Sariosiyo tumanida yashovchi, muqaddam jinoyat sodir etib, jazo o‘tayotgan mahkumlar va Sharg‘un shahrida yashovchi aholi vakillariga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 3-yanvar kunida qabul qilingan PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Yig‘ilganlarga mahkumlar va mahalliy aholini huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan tushuntirishlar berilib, muammoli holatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal qilish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.