...
09.01.2024
49 marta o'qildi

Sariosiyo tumani “Sa’diy Sheroziy” mahallasi profilaktika katta inspektori 2023-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan, xalq oldidagi hisoboti tadbiri bo'lib o'tdi

barchaga ma’lumki Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida, barcha sohalar tubdan isloh etilib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, ilk kunlardanoq, eng chekka qishloqda ham aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi.Shuning uchun ham jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash ishlarini “mahallabay” va “fuqarobay” usulida tashkil etish, faoliyatimizning bosh mezoniga aylandi.

Davlatimiz rahbarining har galgi videoselektor yig‘ilishlarida va hududlarga tashriflari hamda xalq bilan bo‘lgan uchrashuvlari chog‘ida aynan xavfsizlik masalasiga bo‘lgan doimiy e’tiborlari, ichki ishlar organlarining mas’uliyatini yanada ham oshirib kelmoqda. Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida, Prezidentning 3 ta farmoni va 12 ta qarorlari, 30 dan ortiq Hukumat qarorlari qabul qilindi.

Bu o‘z navbatida, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashishiga, faoliyatimiz ochiqligini va shaffofligini ta’minlashga hamda fuqarolarning xavfsizligini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda. Xususan, o‘tgan yilning 12 oyi davomida “S.Sheroziy” mahallasida jami 10 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 5 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etadi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatlar soni 1 taga kamayib 10 foizga kamayishiga erishilgan.

Jinoyat sodir etib sud tomonidan belgilab berilgan cheklovlarga amal qilmay jazoni o‘rnatilgan tartibda o‘tamasdan bo‘yin tovlagan 2-nafar fuqaroni o‘tayotgan jazosi Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Profilaktik hisobda turgan jami 8 nafar spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxslarning 1 nafarni yoki 12,5 foizi majburiy davolanish muassasalariga yuborilgan.

Shu bilan birga mahallada sog‘liqni saqlash muassasalari hamda IIB hisobida turgan shaxslarning muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilib kelinmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?