...
24.09.2022
156 marta o'qildi

Hokim yordamchilari uchun navbatdagi o'quv-seminari bo'lib o'tdi

Viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, soliq, Bandlikka ko'maklashish va pensiya jamg'armasi rahbarlari ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda "Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mohiyati xususida so'z yuritildi.

Shuningdek, mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun 2022-yil 1 noyabrdan boshlab o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari va ularga yaratilgan qo‘shimcha imtiyozlar, shuningdek, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratilishi to'g'risida aytib o‘tildi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?