...
26.04.2023
278 marta o'qildi

Qonun - rasmiy nikoh tarafdori

Hayotni nikoh va oilasiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki u turmushning juda muhim qismidir. Oila jamiyat negizi bo‘lsa,oilaning vujudga kelishiga nikoh asos bo'ladi.
Nikoh- avvalo yigit va qizning teng huquqli oila qurish maqsadida qonun bilan belgilangan shart va tartiblariga rioya qilib, o‘z erk va ixtiyorlari bilan belgilangan erkin tuzgan ixtiyoridir, ya’nikim nikoh yigit va qizning ixtiyoriy kelishuvi ya’ni roziliklari bilan tuziladi.
Nikoh davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, shuningdek, er bilan xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquq va manfaatlarini muhofaza etish maqsadida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi. Albatta, har bir fuqaro diniy e’tiqod va vijdon erkinligiga ega. Diniy nikoh o‘qitish xalqimizning rasmiga aylanib bo‘lganini inkor qilmagan holda, bunday nikohlarning huquqiy ahamiyatga ega emasligini ham har bir fuqaro yaxshi tushunib yetishi lozim bo'ladi. Shunday ekan diniy nikoh er-xotinga tegishli bo‘lishi mumkin bo'lgan huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘la olmaydi.

O‘zbekiston Oila qonunchiligida nikoh yoshi yigitlar va qizlar uchun 18 yosh deb belgilangan. Nikohni qayd etish uchun nikohlanuvchilarning FXDYO bo'limlariga murojaatlari bilan amalga oshiriladi. Qonunda nikohlanuvchilar nikohga kirish hakida ariza berganlaridan so'ng bir oylik muddat belgilanib, shu muddat o‘tganidan so'ng nikohning qayd qilinishi ko'rsatilgan . Bir oy muddat ichida nikohlanuvchilar nikoh tuzishga bo‘lgan o‘z hoxishlarini yana bir bor tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari nikohni qayd qilish uchun monelik qiladigan holatlar ham aniqlanishi mumkin. Shu o‘rinda nikohni qayd qilish uchun qanday holatlar to‘skinlik qilishi mumkin degan savol tug'iladi. Bunday holatlar
-nikohga kiruvchilardan biri ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan bo'lsa,
-nikohga kiruvchilar nasl-nasabi shajarasi bo‘yicha to‘gri tutashgan qarindoshlar, tug‘ishgan yoki o‘gay aka-uka va opa-singillar bo‘lsa,
-nikoh tuzuvchi shaxslardan loaqal biri ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layokatsiz deb topilgan bo‘lsa.
Qizlar va o‘g‘il bolalarning erta oila qurishi, qon-qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, sog‘lom turmush tarziga,sog‘lom oila yaratilishiga, sog‘lom bolalarning yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. Bu masalalarni oila quradigan yoshlar, ularning ota-onalari yaxshi bilishlari va uning oldini olishga intilishlari lozim.Shuning uchun hukumatimiz tibbiy ko'rikdan o‘tishi lozimligini qator rasmiy hujjatlarda belgilab qo'yildi . Shu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining 25 avgust 2003 yildagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘grisidagi» Nizom to'g‘risida xam to‘xtalib o‘tsak. Zero Oila kodeksining 17-moddasiga nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko'rikdan o'tishlari shartligi to'g'risida belgilanib qo'yilgan bo'lib, mazkur Nizom ushbu qonunning amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. Nikohdan o'tishni xohlovchi fuqarolar FXDYO bo'limiga nikohga kirish haqida ariza bilan murojaat qilganlaridan so'ng ularni doimiy yashash joylaridagi tibbiy davolash muassasalaridan tibbiy ko'rikdan o'tishlari uchun yo'llanma beriladi.
Ushbu yo'llanma bilan nikohlanuvchi shaxslar Nizomda nazarda tutilgan, ya’ni ruhiy kasalliklar (shizofreniya,epilepsiya,oligofreniya), narkologik kasalliklar,zaxm ,sil, OITS kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilganigacha ikkinchi tomonni tibbiy ko‘rik natijalaridan xabardor qilishi shart.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqidagi ma’lumotnomalarsiz nikohning qayd qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Albatta, nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida darxol davolanishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlansa, ular tegishli davolash muassasalariga yo'naltirilib, tegishli muolajalarni olib, davolash kurslaridan o‘tishlari lozimdir. Shuningdek, nikohni qayd etish tomonlarning Ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlangandan keyingina amalga oshiriladi.

Tekshirilayotgan shaxs mobodo davolash maslahat komissiyasining xulosasidan norozi bo'lsa, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish viloyat va respublika davolash muassasalarida o‘tkazilishi mumkin. Albatta, FHDYO organi xodimlari nikohni qayd etish vaqtida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan shifokorlik sirlaridan iborat ma’lumotlarni oshkor etganliklari uchun javobgardirlar. O‘z navbatida tibbiy ko‘rikni o‘tkazgan vrach ko‘rik natijalarining xolisligi uchun shaxsan javob beradi.
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan maqsad – sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘lik va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalarning tug‘ilishini oldini olishdir. Yoshlarimiz irsiyat qonunlarini albatta bilishlari lozim. Chunki bu bilim ularga kelajakda oilaga baxtsizlik keltiruvchi kasalliklardan saqlab qolish imkonini beradi.

Ko‘rinib turibdiki, tibbiy ko‘rikning maqsadi sog'lom oilani vujudga keltirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xalqimizda «kasalni davolashdan ko‘ra oldini olish ma’qul » degan o'git bor. Bu o'gitni dilga jo etgan har bir yigit-qizning ham oilasining ham jamiyatning farovonligi yo‘lida barkamol, sog'lom avlod tarbiyalab voyaga yetkazishga harakat qilsalar, bunday yurtning kelajagi hamisha porloq yulduz yanglig‘ nur sochib turaveradi.

Sariosiyo tumani
FHDYO bo‘limi mudiri U . Boqiyeva



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?