...
10.10.2022
159 marta o'qildi

BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

Sana munosabati bilan bugun 10 oktabr kuni tuman madaniyat markazida xalqimizning sevimli aktrisasi Ra‘no Mirzayeva hamda aktyori Mehriddin Rahmatovlar ishtirokida ijodiy-madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida san‘atkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi davomida go‘zal monologlar, she‘rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi hamda xirom aylashga undadi.

Eslatib o‘tamiz, tumanda bayram munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?