...
20.01.2023
14 marta o'qildi

Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 2-sektor hududidagi tuman markazidan olis bo‘lgan "Sarijar" mahallasi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mazkur tadbirga FVVning tuman bo‘limi, tuman Tibbiyot birlashmasi, SEOM, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman Gazta‘minoti bo‘limi, tuman Suv ta’minoti, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda inspektorlari jalb qilindi.

 

 

Tadbir davomida:
~ barcha ijtimoiy soha ob’yektlari maktab va bog‘chalarning o‘quv davriga tayyorgarligi holati o‘rganildi;
~ aholining 118 ta suyultirilgan gaz ballonlari to‘liq to‘ldirib berildi, ehtiyoji mavjud oilalar 2 dona yangi gaz ballon bilan ta’minlandi;
~ arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi;
~ yaroqsiz holatga kelib qolgan 1 km. masofadagi avariya ehtimoli mavjud elektr simlari ta’mirlandi;
~ aholining ehtiyojmand qatlamiga 5 tonna briket ko‘mir mahsulotlari hayriya tariqasida tarqatildi;
~ uyida yotib qolgan tibbiy xizmatga muhtoj fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
~ 11 nafar ishsiz fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi;
~ 3 ta nizoli oila muammosi o‘rganilib, yarashtirish choralari ko‘rildi;
~ Toza hudud texnikalar yordamida mahalla hududi chiqindilardan tozalandi.

Tadbirning 2-kunida mahallaning ta’mirtalab ichki ko‘chalarini toshlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan (https://t.me/sariosiyohokimligi/20983?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?