...
21.10.2022
104 marta o'qildi

Bugun, Sariosiyo tuman madaniyat markazida 21 oktabr-O‘zbek tili bayramining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Oydin Jo‘rabekova ochib berib barchani Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shundan so'ng tadbirning badiiy qismi boshlanib ona tilimizni madh etuvchi she'rlar hamda ijro etilgan kuy qo'shiqlar tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?