...
21.02.2023
275 marta o'qildi

Bugun 21 fevral kuni 4-sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabida “Oilaviy qadiyatlarni mustahkamlash” va "Ajrim muamoning yechimi emas" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda Fuqarolik ishlar bo‘yicha tumanlararo sudi raisi M.Nomozov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalar va tuman IIB XKMB katta inspektori leytenant N.Majitova, tuman hokimligi mas’ul xodimi S.Yigitaliyev, tumandagi 61 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari, tumandagi Fuqarolik sudida nizolashayotgan, ajrim yoqasidagi oilalar, aliment bo‘yicha nizolashayotgan va mahallalardagi nuroniy onaxonlar ishtirok etishdi.

Tadbirda jamiyatimizdagi bo‘layotgan oilaviy muammolarga yechim topish, ularni hal qilish va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish, nizolar yoqasida kelib qolgan oilalarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Qolaversa har bir mahallalarda xuddi shu tartibda mahalladagi xotin-qizlarga tushuntirish ishlari olib borish tavsiya etilib kelgusi rejalar belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?