Mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni qoʻllab-quvvatlash, milliy madaniy va maʼnaviy merosni saqlash hamda koʻpaytirish, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun 25-oktabr kuni Sariosiyo tuman madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan quyi tizim ya’ni tumanlar, markazlar kesimidagi madaniyat markazlari, xususan, So‘fiyon, Bo‘ston, Sharg‘un shahar madaniyat markazlariga turli xil musiqa cholg‘u asboblari berildi. Bo‘lim tasarrufidagi barcha madaniyat markazlari rahbarlariga Madaniyat vazirining sovg‘alari topshirildi.
"Madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi biz kabi soha vakillariga bo'layotgan e‘tibor, shart-sharoitlar albatta madaniyat xodimlarining xursandchiligiga va yanada mas’uliyatli faoliyat olib borishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari madaniy-ma’rifiy tadbirlarimizning sifatiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko'rsatmay qolmaydi",-deydi Sariosiyo tuman madaniyat markazi rahbari Orifjon O'rinov.