Davlatimiz rahbarining mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nazarov, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova ishtirokida Niholzor mahallasida aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, suv ta'minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 31 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, mas’ullarga vazifa yuklandi.