...
27.09.2022
156 marta o'qildi

Bugun, 27 sentabr kuni Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Toshmatova, Sariosiyo tuman IIB xodimi leytenanti Nasiba Majidova, tuman bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tuman FHDYo bo'limi rahbarlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jurnalist va bloggerlar ishtirokida "Sariosiyo tumanida, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va tumanda ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Dilfuza Toshmatova oila muqaddas dargohligi, oilaviy qadriyatlar, oilalarning ajrim yoqasiga kelib qolish sabablari, oqibatlari, erta turmush va erta tug'ruqning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma'lumot bergandan so'ng, ochiq muloqot qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda mazkur mavzu doirasida o'zlarining takliflarini berib o'tdi.

Shuningdek, yakunda ochiq muloqot doirasida berilgan takliflarni amalga oshirish va bu bo'yicha erishilgan natija muhokamasi yuzasidan yana ishtirokchilar bilan birgalikda tahliliy ochiq muloqot o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?