...
17.02.2023
167 marta o'qildi

Bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev mas‘ullar bilan birgalikda 12-umumta‘lim maktabida tumandagi yuqori sinfda tahsil oluvchi o‘quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda "Mutaxassislik-sening kelajaging" mavzusida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida o‘quvchilarining kasbiy moyilligiga ko‘ra kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish hamda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish maqsadida suhbatlar olib borildi.

Suhbat davomida tuman hokimi fizika-matematika fanlariga qiziqishi baland, kelgusida gidroenargetika yo‘nalishida o‘z ish faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan yoshlar bilan 30 nafardan iborat bo‘lgan guruh shakllantirib, mazkur guruh o‘quvchilarini mutaxassislar ko‘magida hozirdan kasbga yo‘naltirish va tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22419?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?