...
23.04.2024
23 marta o'qildi

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida bugun Sariosiyo tumani prokurori 2-sektor rahbari B.Oltibayevning “Sharafobod” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Qabulda tuman prokurori B.Oltibayev shuningdek, sektor shtabiga biriktirilgan tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari va tegishli xodimlari ishtirok etishdi.

 

Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam va kredit ajratish, ta’lim kontraktini to‘lash masalasidagi murojaatlari o‘rganildi.

 

Har bir murojaat yuzasidan soha mutaxassislari jalb qilinib, aksariyat masalalar shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o‘rganib chiqish, qonuniy tartibda hal etish uchun mutasaddilarga muddat berilib, ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?