...
07.05.2023
114 marta o'qildi

Mexanizatorlar munosib taqdirlandi
Barcha hududlarda bo’lgani kabi tumanimizda ham ayni kunlarda qishloq xo’jaligi ishlari avj olgan. Ekinni sug’orish, mineral o’g’itlar va agrotexnik ishlov berilishida soha egalari o’zlarining bilim va salohiyatlarini ishga solib, kunning issiq-sovug’iga qaramasdan mehnat qilishmoqda.
Хuddi shu kabi zahmatli mehnat qilayotgan, tumanimizda faoliyat yuritayotgan mexanizatorlarning qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishidagi fidokorona mehnatlarini tuman hokimi Abduqodir Donayev e’tiborga olib, ularni munosib taqdirladi.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A.Donayev, 2-sektor rahbari N.Azizov, qishloq xo‘jaligiga mas’ul rahbar va tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari, mexanizatorlar ishtirok etdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?