...
11.03.2024
44 marta o'qildi

Maktab yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-yanvardagi “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun 3-sektor hududidagi Shirin mahallasida joylashgan 50-sonli maktabda Sariosiyo tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori leytenant X.Melikmurodov o‘ziga biriktirilgan o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida, yoshlar bilan suxbat o‘tkazilib, ularning muammolari, takliflari tinglandi. Kelajakda o‘quvchi yoshlarning o‘zlari qiziqqan kasb egalari bo‘lishlari uchun nimalarga e’tibor berishliklari, ko‘proq kitob o‘qishliklari, xorijiy tillarni urganishliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi va sport shaxmat, shashka turi bo'yicha musoboqa hamda Zakovat o'yinlari uyugushtirildi.

Shuningdek, tadbir so'ngida g'olib yoshlarga sport anjomlari sovg'a qilindi. 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?