...
08.02.2024
36 marta o'qildi

Bugun erta tongdan tumanning barcha mahallalarida davlat madhiyasi yangrab, mahalla faollari vatanparvarlik ruhida ish faoliyatini boshlashdi.

Jumladan, tumanning “Nodirabegim”, “Yoqutli bog‘”, “Terakzor”, “Lutfkor”, “Yangihayot”, “Bog‘iston” hamda “Hulkar” mahallalarida ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘chat ekish, ichki ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, tumanning “Chilonzor” mahallasi Islom Karimov va “Vatanparvar” ko‘chalarida mahalla aholisi hamda homiylar yordamida ikkita transformator o‘rnatilib, aholi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlandi;
- “Afrosiyob” mahallasida suv nasosi ta’mirlanib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi;

Shuningdek, “Shabnam” mahallasidagi 62-sonli umumta’lim maktabida, “Sebzor” mahallasidagi 82-sonli umumta’lim maktabida, “Yoqutli bog‘” mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida hamda “Aeroport” mahallasidagi 2-sonli umumta’lim maktablarida mahalla faollari ishtirokida “Otalar yig‘ilishi”lari o‘tkazildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?