...
29.05.2024
111 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori qabul qilingan.

 

Mazkur qarorda, mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamon talablaridan kelib chiqib dunyoqarashini shakllantirib borish - ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

 

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yetakchilik lavozimida ishlayotgan xodimlarda yoshlar bilan ishlash tajribasini yanada oshirish, shaxsiy rivojlanishiga sharoit yaratib berish hamda fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar safini kengaytirish maqsadida, joriy yilning 29-may kuni Sariosiyo tumanidagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida tumandagi mahallalar yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda:

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish;

 

Yoshlar murojaatlari bilan ishlash;

 

Davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlash, Yoshlar balansi;

“Yoshlar daftari” ga kiritilganni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish;

 

Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari;

 

Yoshlarga oid axborot tizimlari bilan ishlash va yoshlarning “Ay-Ti” savodxonligini oshirish;

 

Ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari bandligiga ko‘maklashish, jumladan “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish va migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, yoshlarga yer ajratish;

 

Huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan tizimli ishlash. Huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash tizimini tashkil etish yo‘nalishi;

 

Xodimlarning media savodxonligini oshirish va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha kerakli tushuncha va darslar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?