...
07.03.2024
32 marta o'qildi

Tuman hokimi A.Donayev, tuman IIB boshlig‘i M.Amonto‘rayev hamda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari tomonidan Sariosiyo tumanning 3-sektor hududidagi “Shoqishloq” va “Shirin” mahallalarining “mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 

Tashrifda mahalla faollarining ish yuritish tartibi, nomenklatura hujjatlarini yuritilishi, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda mahallalar faollarining hujjatlari ko‘zdan kechirilib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishini ta’minlash mahalla yettiligining birinchi darajadagi vazifasi ekanligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?