...
08.01.2024
88 marta o'qildi

Mahalla fuqarolari va keksa nuroniylar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sariosiyo tumanidagi So'fiyon madaniyat uyida, chegara oldi Hamkorlik va Xurshid mahalla fuqarolari bilan tuman hokimi rahbarligida “Sayyor qabul” bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Abduqodir Donayev va sektor rahbarlari tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etishgan uchrashuvda, fuqarolarning muammolari tinglandi.

Uchrashuv davomida takliflar va murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, murojaatlarning aksariyatida, Suv, yer maydoni, gaz, elektor toki va bolalar uchun bollar bog'chasi qurish kabi muammolar bilan murojaat qilishdi. Yo'llangan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, qonuniy tartibda batafsil o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.

Shundan so'ng tuman hokimi nuroniylar bilan muammolarini muhokama qildi. Mahalladagi yoshi ulug' nuroniylar bildirgan takliflari va mulohazalari barcha fuqarolar ma'qul keldi desak mubolag‘a bo'lmaydi . Umuman ta’lim-tarbiya masalasidagi uchrashuv va muhokamalarda nuroniylar o'rni katta.

Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?