...
15.04.2024
31 marta o'qildi

Sariosiyo tumani DXX chegara qo‘shinlari 9220-sonli harbiy qismda kontrakt va muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida “Madaniy kecha va askarlar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, tuman hokimligi, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘linmasi raisi, 9220-sonli harbiy qism komandiri hamda muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

 

Unda, Prezidentimizning madaniyat va ma’naviyat ahli bilan uchrashuvida aynan jadidlarning bugungi jamiyatimizga yetishmayotgani, ilg‘or zamonamizda jadidlar kerakligi xususida muhim fikrlar aytib o‘tilganligi, shuningdek, bugungi globallashuvning tobora avj olishi tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo etayotganligi, hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat innovatsion-kreativ yutuqlarni keng targ‘ib qilish hamda ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida kundalik faoliyatimizda ustuvor yo‘nalishga aylantirish, binobarin, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy meros yosh avlodni tarbiyalashda biz, avlodlarga g‘urur bag‘ishlashi va insonlar qalbidagi Vatan mehri oliy qadriyat ekanligini haqida ta’kidlab o‘tildi.

 

Xususan, tadbirda "Jadidlarning hayoti va ijodi"ga bag 'ishlangan badiiy film namoyish etildi.


Bizni kuzatishda davom eting.

 

 

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?