Maʼsullar tomonidan yoshlar bilan ishlash davom etmoqda
Bugun, 1-may kuni Surxondaryo viloyati FVB, Sariosiyo tuman hokimligi, Sariosiyo tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tumandagi biriktirilgan yoshlar oʻrtasida shashka, qoʻl kuchini sinash, insholar tanlovi hamda konsert dasturi tashkil etildi. Tashkil etilgan sport oʻyinlari va konsert dasturi yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlari ortishi, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy hordiq chiqarishlariga xizmat qiladi.