...
30.09.2022
269 marta o'qildi

Nurbuloq mahallasida joylashgan 34-umumta'lim maktabida 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 9220-Xarbiy qism komandiri o‘rinbosari, podpolkovnik Alisher Yunusov, harbiy qism yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi leytenant Hasanjon Zokirov hamda harbiy qism xizmatchilari tashrif buyurdi.

Tadbir avvalidada Alisher Yunusov so‘zga chiqib yaqindagina "Yosh chegarachilar" musobaqasining respublika bosqichida 34-umumta'lim maktabining "Lochin" jamoasi faol ishtirok etib qaytganligi munosabati bilan o'quvchilarga ta'lim tarbiya bergan ustozlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, maktabi direktori Gapparov Jamshid Ergashovichga "CHegara qo‘shinlari a'lochisi" ko‘krak nishoni hamda guvohnoma topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?