...
25.01.2023
110 marta o'qildi

2022 yil 1 yanvardan boshlab har bir mahallada hokim yordamchilari lavozimi ta'sis etilgan bo'lib Sariosiyo tumanida 61 nafar hokim yordamchisi faoliyat olib bormoqda. Jumladan, "Yangihayot" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masallalari bo‘yicha hokim yordamchisi Oripov Firdavs Shamsiddinovich tomonidan mahallada 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilgi rejalar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Xususan, 2022 yil mobaynida mahallaning Shatutguzar ko‘chasiga aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi burg‘ulanib, 1 dona suv inshoati o‘rnatildi va 3 km ichimlik suv tarmog‘i yotqizildi;
- 1,5km uzunlikdagi ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi hamda 1,0km tosh yo‘llar asfaltlashtirildi, 2 km betonlashtirildi;
- elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 1dona transformator va 10dona temir beton ustunlar va 15 dona tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi;
-e.auksion orqali 27,5 ga yer maydoni jami 165 ta lotga ajratilib 10 yil muddatga 17 sotixdan 165 nafar fuqaroga ajratib berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?