...
31.05.2023
318 marta o'qildi

FARZAND KELAJAGI
(unga ota-ona ibrati kerak bo‘ladi)

Oilaning jamiyatdagi ilk tutadigan birinchi qadami, bu o‘ziga xoslik bo‘lib, yashash tarzi va amal qiladigan qonun-qoidalarga bo'ysunadi. Shu boisda, ularning farzand tarbiyasiga, ulardagi sifatlarning shakllanishiga ta’siri turli xil bo‘ladi. Zero, bolalarning axloqiy va kasbiy yo‘nalishlarning shakllanishida oila muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarning farzandlarining kasb tanlashiga ta’sir etish darajasiga qarab, oilalarning bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Ana shundaylardan biri-farzandlarning kasb tanlashiga faol ta’sir etuvchi oilalar kiradi. Bu guruhdagi ota-onalar farzandlarining individual-psixologik xususiyatlari xarakteri, qobiliyati, qiziqishi hamda sog‘ligiga qarab, bolalariga aniq maslahatlar berishadi. Pirovardida har bir kasbning o‘ziga xos tomonlari, talablari, mamlakat, jamiyatda tutgan o‘rni va ularning taraqqiyotidagi ahamiyati haqida, turli manbalardan ayniqsa vaqtli matbuot nashrlaridan foydalangan holda hikoyalar qilib berishadi. Va,albatta bunday oila farzandlari ulg‘ayib, voyaga yetgach, ular to‘g‘ri kasb tanlaydilar.

Kezi kelganda ta'kidlash joizki,  inson biror – bir kasbni o‘z xohishiga binoan tanlasa, unda mehnat unumdorligi va samarasi kutilgan natijani beradi. Yanada aniqrog‘i, sevgan kasbidan zavq-shavq oladi. Jamiyat hech qachon bekamu-ko'st bo‘lmagan, ya’nikim shunday ota-onalar borki, ularga farzandlarining xohish-irodasi, qiziqishlari ahamiyatsiz. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu yanglig‘ ota-onalar, farzandlarining kasb tanlashlariga e’tiborsiz qarashadi: ularga amaliy yordam berishmaydi. Farzandlari kasb bo‘yicha fikrlanganda quyidagicha hukm chiqarishadi: “Qaysi kasb yaxshi bo‘lsa, o‘sha kasbni tanla” , "Endi yosh bola emassan,senga o‘rgatishga hojat yo‘q”,”Ishlaydigan sen, biz emas”. Odatda bu yanglig‘ ota-onalar ko‘proq o‘zlarini o‘ylaydilar,g‘am chekadilar. Xo‘sh, bunday oilalarda tarbiya ko‘rgan bolalar tarbiyasi nima bo‘ladi, qanday kechadi? Kuzatilgan hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday oilalardagi farzandlar bu kabi munosabatlardan so‘ng, o‘zlariga oro bera boshlaydi, o‘zgalar manfaatidan ko‘ra, o‘z manfaatlarini ustun qo‘yadigan shaxsga aylanib boradi va ularning hayot, kasb haqidagi tasavvurlari-da yetarli bo‘lmaganligi tufayli, o‘z qobiliyatiga mos kasb-hunar topguncha, yillar o‘tadi. Umrning ma’lum bir vaqti zoye ketadi. Yana bir toifadagi ota-onalar borki, ularni ilmiy tipda,avtoritar deyiladi. Bu kabi ota-onalar shunday bo‘lishadiki, o‘zlarini aytgani-aytgan, boshqalar fikri bilan hisoblashishni lozim ko‘rmaydilar. Aksariyat hollarda, farzandlarining hayot, kasb haqidagi tasavvurlari-da yetarli bo‘lmaganligi tufayli, yana vaqt o‘tadi va eng achinarli tomoni shundaki ota-onalar farzandlarining kelajagini o‘zlaricha belgilashadi. Natijada bola adolatsizlikka ilk marotaba duch keladi va u bundan norozi bo‘ladi. Xulosa o‘rniga aytish mumkinki, oilada ota-onaning shaxsiy ibrati, bilim va tajribasi farzand kelajagini belgilaydi.

Umida Boqiyeva
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman
FHDYO bo‘limi mudirasi



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?