...
29.11.2022
263 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari Sh.Qalandarov, tuman Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Sariosiyo tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari Sh.Saidov tomonidan Lutfkor mahalla fuqarolar yig’ini raislari va boshqa mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 oktyabrdagi № 02/1-1162-son topshiriq xatiga muvofiq, tumandagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun arizasi rad etilgan fuqarolarning muammolari mahallabay hal etish yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.

 

Seminarda topshiriq bo’yicha ish tashkil qilish tartibi, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash mezonlari va rad etish sabablari to’g’risida tushuntirish berish, fuqarolarning masalalari bo’yicha qaysi davlat organiga murojaat qilish va mas’ullar to’g’risida ma’lumot berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?