...
31.01.2024
89 marta o'qildi

“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul”

“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov tashabbusi bilan tumanning Sa’diy Sheroziy, “Shabnam”, “Niloba” va “Konchilar”mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylar Erkin Imomov, Suvonqul Murodov, Ergash Aliqulov va Ramazon Xursanovlarga biriktirilgan mahalladagi yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy davra suhbatlari o‘tkazildi. Suhbat davomida, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyiliga asosan yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?